Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Angren IES atrof-muhitni ifloslantirayotgani aniqlandi
Ekologiya boshqarmasi ifloslantiruvchi moddalarni tozalash samaradorligi yetarlicha bo‘lmagani sababli kompensatsiya hisob-kitob qilingani haqida xabar berdi.
Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan Yangi Angren IES tomonidan ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga tashlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Yangi Angren IES faoliyati davomida hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga tashlanayotgani yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
«O‘tkazilgan tekshirish davomida jamiyatdagi mavjud chang-gaz tozalash uskunalarini ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarni tozalash samaradorligi yetarlicha bo‘lmaganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi 202-sonli qaroriga asosan kompensatsiya hisob-kitob qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi», deyiladi xabarda. Bunda kompensatsiya miqdori qancha bo‘lishi ma’lum qilinmadi.
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tashlanishini oldini olish hamda aholi turmushiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
22:57 / 03.12.2025
Ekologiya – nihoyat siyosiy muammoga aylanyaptimi?
20:28 / 03.12.2025