Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya bariatrik jarrohlikda xalqaro standartlarni joriy etadi
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida joylashgan Alexianer St.Martinus-Krankenhaus klinikasi saytida mazkur muassasa O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygani haqida maqola e’lon qilindi.
"Germaniyaning Alexianer St. Martinus-Krankenhaus shifoxonasi va O‘zbekiston Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida bariatrik jarrohlik yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan yangi xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi", – deyilgan nashrda.
Dyusseldorfdagi semirish kasalliklarini davolash markazi mutaxassislari O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot muassasasi bilan birgalikda semirish va metabolik kasalliklar jarrohligi sohasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyotlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Mazkur kelishuv doirasida qo‘shma tadbirlar – qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari, stajirovkalar, bilim va tajriba almashish, seminarlar, mahorat darslari, sohadagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro konferensiyalar tashkil etilishi, shuningdek, ekspertlar xulosalari asosida tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Maqola yakunida, "Har ikki mamlakat tibbiy muassasasi xalqaro hamkorlik doirasida bariatrik jarrohlik sohasida yuqori professional standartlarni joriy etish va uni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi", – deb yozilgan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026