Jahon | 22:52 / 04.09.2025
10001
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putinning Moskvadagi muzokaralar uchun taklifiga javob berdi

Ukraina rahbari Moskvaga bormasligini, Rossiya buni muzokaralarni kechiktirish uchun taklif qilayotganini aytdi.

Foto: Reuters

Ukraina va Rossiya prezidentlari uchrashuvi urushni yakunlash uchun zarur. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

«Bu xohish emas, bu zarurat. Biz uni har qanday formatda - ham uch tomonlama, ham ikki tomonlama shaklda qo‘llab-quvvatlaymiz. Menimcha, Rossiya buni kechiktirish uchun hamma narsani qilmoqda. Amerikalik hamkorlar menga Putin meni Moskvaga taklif qilganini yetkazishdi. Uchrashuv bo‘lmasin desang, meni Moskvaga taklif qilishing kerak. Shuning uchun, menimcha, Rossiya uchrashuv haqida gapira boshladi - bu endi yomon emas. Ammo hozircha biz ularning urushni tugatish istagini ko‘rmayapmiz. Yig‘ilish, katta yoshli rahbarlar esa bunday darajadagi yig‘ilishdan natija bilan chiqishi kerak. Yaxshisi, urushni tugatish natijasi bilan», dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida erishilgan kelishuvlar natijalari haqida gapirdi. Xususan, prezident hamkorlar xavfsizlik kafolatlari doirasida o‘z kontingentining Ukraina hududiga yuborishga kelishib olganini ta’kidladi.

«U yerda ko‘p elementli infratuzilma mavjud. Avvalo, kontingentning kiritilishi. Biz bu haqida kelishib oldik. Men hali miqdor haqida gapirishga tayyor emasman. Biz allaqachon bunga rozi bo‘lganlarning taxminiy sonini bilamiz. Va kontingent qayerda bo‘lishi kerakligi haqidagi tushuncha ham turlicha – osmonda, dengizda yoki yerda», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar Ukraina rahbari Moskvaga kelsa, u bilan uchrashuv bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

Bundan oldinroq, Zelenskiy Putin bilan Moskvada uchrashmasligini ta’kidlagan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid