Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi
Prezident amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga taklif qildi. Tramp kelasi yil AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasiga omad tiladi.
5 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda O‘zbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti so‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.
Mirziyoyev o‘z navbatida, Donald Trampni AQSh ma’muriyati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ulkan natijalari bilan samimiy tabrikladi. Amerika tomonining xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor tarmoqlarda biznes kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va savdo bitimlari hajmini tubdan oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu oyda AQSh yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va barqaror sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ta’kidlandi.
Kelgusi yili AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor ishtirok etishi mamnuniyat bilan qayd etildi. AQSh yetakchisi futbol terma jamoamizga chin dildan omad tiladi.
Telefon muloqoti chog‘ida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning “C5+1” shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish formati yuzasidan ham fikr almashdi.
Davlat rahbari Donald Trampni o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Amaliy hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlarni ilgari surish maqsadida oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishildi.
Ta’kidlanishicha, Mirziyoyev va Trampning telefon orqali muloqoti ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38