Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
Avvalroq Oq uy rahbari Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish doirasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «ko‘ngillilar koalitsiyasi» vakillari bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishni rejalashtirmoqda. 5 sentabr, juma kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda Tramp: "Ha, shunday qilaman. Biz juda yaxshi muloqot qildik", dedi.
Ayni paytda, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kremlda Rossiya Federatsiyasi va AQSh prezidentlari o‘rtasida «telefon suhbatini tashkil qilish» uchun hozircha ishlanmalar yo‘q, biroq uni «tezkor tashkil etish» mumkin, deb xabar beradi «Interfaks».
Avvalroq Donald Tramp Ukraina rahbarining Parijga tashrifi chog‘ida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «ko‘ngillilar koalitsiyasi» vakillari bilan telefon orqali muloqot qilib, Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilgan edi. Reuters xabariga ko‘ra, bir soat davom etgan telefon suhbati chog‘ida AQSh prezidenti Yevropa yetakchilarini Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishga va Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatayotgani uchun unga iqtisodiy bosim o‘tkazishga chaqirgan.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026