Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Mercosur bilan savdo shartnomasini ratifikatsiya qilishni boshladi
Tomonlar chorak asrdan beri muzokara olib borayotgan hujjat dunyodagi eng yirik erkin savdo hududini yaratishi mumkin. Biroq, uning siyosiy qismiga milliy parlamentlarda qarshilik bildirilishi mumkin.
Yevropa Komissiyasi (YeK) Braziliya, Argentina, Urugvay va Paragvayni o‘z ichiga olgan Janubiy Amerika davlat assotsiatsiyasi Mercosur bilan bahsli savdo bitimini ratifikatsiya qilish jarayonini boshladi. YeI kelishuv matnini rasman tasdiqladi va uni YeI Kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi.
«Kelishuv savdo masalalari doirasidan ancha uzoqqa chiqadi. Bu Yevropa Ittifoqining har ikki tomonni mustahkamlovchi ittifoqlar qurish majburiyatiga misoldir», — dedi Yevropa tashqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas Bryusselda.
Keyingi qadam hujjatning Yevropa Ittifoqi Kengashi, ya’ni a’zo davlatlar va Yevropa Parlamenti tomonidan tasdiqlanishi bo‘ladi. Komissiya joriy yilning oxirigacha protsedurani yakunlashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026