Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp JARdagi G20 sammitida qatnashmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp noyabr oyida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi, uning o‘rniga vitse-prezident Jyey Di Vens yig‘ilishga boradi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, sammit 2026 yilda uning Mayami yaqinidagi golf klubida bo‘lib o‘tadi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp 5 sentabr, juma kuni Janubiy Afrikada 22 va 23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmasligini ma’lum qildi. AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens G20 sammitida Oq uy rahbari o‘rniga qatnashadi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilgi G20 sammiti dekabr oyida o‘zining Mayami yaqinidagi Doral shahridagi golf klubi va kurortida bo‘lib o‘tadi.
«Ha, u Doralda bo‘lib o‘tadi. Hamma uning o‘sha yerda bo‘lishini xohlaydi, chunki u aeroport yonida, eng yaxshi joy, go‘zal», — deya AQSh prezidentining so‘zlarini keltiradi AFP. Respublikachi uchrashuv tashkil etishdan pul ishlamasligini ta’kidladi. «Bu shartnoma pulga bog‘liq emas», dedi u.
Tramp, shuningdek, AQShda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinpingni qabul qilishdan xursand bo‘lishini aytdi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40