Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin - Bessent
Moliya vaziri Skott Bessentning fikricha, AQSh va Yevropaning Rossiyaga nisbatan birgalikdagi iqtisodiy bosimi Moskvani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishi mumkin.
Skott Bessent Foto: NBC
AQSh Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tqizish uchun unga qarshi Yevropa bilan birgalikda yangi sanksiyalar kiritishi mumkin. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bessentning fikricha, AQSh va Yevropaning Rossiyaga nisbatan birgalikdagi iqtisodiy bosimi Moskvani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI sanksiyalar masalasida AQShdan o‘rnak olishi lozim.
Vashington avvalroq Rossiya neftini sotib olayotgani uchun Hindistonga nisbatan qo‘shimcha bojlar joriy etgandi.
Bild va Reuters xabariga ko‘ra, 4 sentabr kuni prezident Donald Tramp Yevropa yetakchilari bilan muloqoti chog‘ida ulardan Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishni talab qilgan.
Mavzuga oid
08:49
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026