O‘zbekiston | 18:36 / 07.09.2025
16467
3 daqiqa o‘qiladi

“Aslo sayohat qilmang!” – Sayohatchi Abu | SUBYEKTIV

35 yoshigacha unga mamlakatni tark etish mumkin bo‘lmagan. Xorijga chiqish pasportini olishi bilan u shunchaki turizmni emas, ekstremal sayohat yo‘lini tanladi. 40 dan ortiq davlatda yurib, qurolli to‘qnashuvlar, anomal haroratlar, yaxshi-yomon odamlar, arzon-qimmat narxlar va hatto hayot-mamot vaziyatlarining ham guvohi bo‘ldi. Ba’zan so‘nggi vidolashuv videolarini yozishgacha bordi. Lekin hech narsa uni to‘xtatmadi. Avtomashinada rekord sari yo‘l olgan Sayohatchi Abudan katta intervyu. SUBYEKTIV’da sayohatdagi askarning haqiqiy hikoyasini tinglaymiz!   

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Sayohatni hammamiz har xil tasavvur qilamiz. Kimdir shaharlariga, kimdir mazali taomlari uchun qiziqib safar qilsa, tog‘, daryolarga chiqadiganlar ham ko‘p. Yoki qanchalik xavfli bo‘lmasin, chegarama-chegara yurib, dunyoni aylanmoqchi bo‘lganlar ham oramizda topiladi.

Lekin yelkasiga bayroq qistirvolib, trassalar chetida piyoda ketayotgan soxta sayohatchilar ham ko‘payib boryapti, afsuski. Hammasi ziyorat emas, Instagram uchun yo‘lga chiqqandek. Ekstremal sayyohlik esa alohida tayyorgarlik talab qiladi. Uni shlyapa va jomadonli safarlar bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

“Sayohatchi Abu” nomi bilan blog yuritadigan qahramonimiz Qobil Abdusattorov ko‘zimiz o‘rgangan safarlardan farqli ravishda, o‘z avtoulovida chegaralar orqali o‘tib, dunyo bo‘ylab sayohat rekordini o‘rnatmoqchi. Shu kungacha ham u mumkin emas deb o‘ylangan har qanday to‘siqlardan o‘tishga muvaffaq bo‘lib kelyapti.

U yolg‘iz sayohatchi, yagona sherigi Karl laqabli o‘yinchoq. Abu yo‘ldagi fikrlari, xulosalari, kinoyalarini Karlga bayon qiladi. Lekin o‘yinchoqning vazifasi faqat egasini eshitish emas. U safarlarda videoregistrator vazifasini ham bajaradi. Ko‘zlariga maxsus o‘rnatilgan kameralar yo‘l davomida barcha sayohatni tasvirga olib ketadi.

To‘liq intervyuni yuqoridagi havola orqali kirib, tomosha qilishingiz mumkin.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid