Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 39 nafar O‘zbekiston fuqarosini deport qildi
AQShda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya reysi orqali qaytarildi. AQSh O‘zbekiston hukumatiga deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Foto: AP
7 sentabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirdi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu reysda AQShda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarilgan.
«Ushbu parvoz AQSh o‘z chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan davomli harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi. AQSh noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan. AQShga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, AQSh O‘zbekiston hukumatiga deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun «o‘zining chuqur minnatdorchiligini» izhor qilgan.
Mavzuga oid
01:22
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10 / 06.12.2025