Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha o‘z fuqarolariga Belarusni tark etishni tavsiya qildi
Polyakning Belarusda josuslikda ayblanib hibsga olinishi ortidan Polsha Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni Belarusni tark etishga chaqirdi.
Polsha Tashqi ishlar vazirligi Polsha fuqarolariga Belarusni tark etishni va bu davlatga sayohat qilishdan bosh tortishni tavsiya qildi. «Bu demokratik davlat emas va u Polshaga do‘stona munosabatda emas. Men bu ogohlantirishlarga imkon qadar jiddiy munosabatda bo‘lishini istardim», — deya RMF24 internet nashri Polsha TIV matbuot kotibi Pavel Vronskining bayonotini keltirgan.
Avvalroq, 4 sentabr kuni Belarus televideniyesi Belarusda 1998 yilda tug‘ilgan Polsha fuqarosining josuslikda ayblanib hibsga olingani haqidagi reportajni namoyish qilgandi. Erkak 12-16 sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Zapad-2025» Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari haqida ma’lumot yig‘gani da’vo qilingan.
Xabarda aytilishicha, Krakovda istiqomat qiluvchi shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali Belarus fuqarosi bilan aloqa o‘rnatgan va unga Polsha maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishni taklif etgan. Boshqa narsalar qatorida, gap Belarusdagi harbiy obektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning uzatilishi haqida borgan.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
21:45 / 07.05.2026