Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vertolyoti Estoniya havo hududini buzdi
Estoniya Rossiya diplomatik missiyasi rahbarini chaqirib, Rossiya vertolyoti Boltiq dengizi ustidagi havo hududini buzgani munosabati bilan norozilik notasini topshirdi. Tashqi ishlar vaziri Tsaxkna voqeani jiddiy deb e’lon qildi.
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiyaning Mi-8 vertolyoti Finlandiya ko‘rfazidagi Vayndlo oroli yaqinida Estoniya havo hududini buzdi. Estoniya armiyasi qo‘mondonligining 8 sentabr, dushanba kuni Tallinda xabar berishicha, hodisa 7 sentabr kuni tushga yaqin sodir bo‘lgan, vertolyot Boltiq dengizi ustidagi Estoniya havo hududida taxminan 4 daqiqa davomida havo harakatini boshqarish xizmatlarini xabardor etmasdan qolgan.
O‘z navbatida, Estoniya TIV Rossiyaning mamlakatdagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirib, voqea yuzasidan norozilik notasini topshirganini ma’lum qildi. Bo‘lim boshlig‘i Margus Tsaxkna voqeani «yana bir jiddiy va achinarli voqea» va «xalqaro huquqning jiddiy buzilishi» deb atadi.
Bu joriy yilda Rossiya tomonidan Estoniya havo hududining uchinchi buzilishidir, deya ta’kidlanadi Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lgan mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 13 may va 22 iyun kunlari ham shunga o‘xshash hodisalar sodir bo‘lgan. Avgust oyi oxirida Estoniyada harbiy uchuvchisiz uchoqning parchalari topilgan edi.
Mavzuga oid
21:47 / 25.09.2025
NATOdagilar chegaralarini buzib kirayotgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish bo‘yicha yakdil fikrda emas
21:55 / 22.09.2025
Rossiya qiruvchilari va dronlari NATO davlatlari havo hududiga «tasodifan uchib kirish»da davom etmoqda
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025