Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Iqtisodiyot rivojlanishi faqat ta’lim va muallimga bog‘liq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”, – dedi davlat rahbari.
O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.
“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur.
Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q!
Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi!” – dedi prezident.
Mavzuga oid
19:42 / 22.04.2026
Maktablarda 12 yillik ta’limga qachon o‘tiladi? – mas’ullar jim
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
13:31 / 11.03.2026
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
19:02 / 06.03.2026