Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina hukumati binosi dron qulashi oqibatida zarar ko‘rdi
Urib tushirilgan Rossiya uchuvchisiz uchog‘ining qulashi natijasida Ukraina hukumati binosining yuqori qavatlarida yong‘in chiqdi. Kiyevda uch kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.
Kiyevdagi Ukraina hukumati binosi Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi boshlanganidan beri birinchi marta dushman hujumiga uchradi. Bu haqda Telegramʼda Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko xabar berdi.
U o‘z postida urib tushirilgan Rossiya dronining qulashi ortidan Ukraina hukumati binosining yuqori qavatlarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini aks ettiruvchi fotosuratlarni chop etdi. Keyinroq Rada deputati Yaroslav Jyeleznyakning aniqlik kiritishicha, hukumat binosining yuqori qavatida bosh vazirning idorasi va Ukraina hukumatining majlislar zali joylashgan.
Kiyevdagi hukumat binosidagi yong‘in vertolyot yordamida o‘chirildi.
Kiyev meri Vitaliy Klichko Telegramʼda Rossiya aviatsiyasining shaharga hujumining boshqa oqibatlari haqida ma’lum qildi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumi natijasida uch kishi halok bo‘lgan: Svyatoshinskiy tumanida yosh ayol va bir yoshgacha bo‘lgan bola, Darnitskiy tumanidagi boshpanada keksa ayol halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026