Jamiyat | 12:27 / 10.09.2025
3175
1 daqiqa o‘qiladi

Bunyodkor shohko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 8 sentabr kuni soat 13:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi 2-darajali yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 4 ta avtomashina: 2 ta Nexia-3, Lacetti, ZIL  rusumli yuk avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu YTH oqibatida Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab bir muddat qisqa tirbandlik yuzaga kelgan va zudlik bilan bartaraf qilingan.

Mavzuga oid