Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Aziz Turdiyev maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010 yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014 yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017 yillarda poytaxtdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019 yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023 yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023 yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi «Hamdo‘stlik bolalar» loyihasi hamda «Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish» loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025