Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Ukraina - Putinning zabt etish rejalarining «faqat boshlanishi»
Moskva tinchlikning Yevropa arxitekturasini shafqatsizlarcha vayron qildi, shuning uchun endi vazifa bir necha o‘n yillar davom etishi kerak bo‘lgan yangi xavfsizlik tizimini qurishdir, dedi Germaniya kansleri Mers.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «imperialistik rejasi» Ukrainani zabt etish bilan tugamaydi, bu «faqat boshlanishi», deb hisoblaydi Germaniya kansleri Fridrix Mers. «Biz har kuni tobora kuchayib borayotgan Rossiya hujumlariga, jumladan, infratuzilmaga qarshi hujumlarga duch kelyapmiz», dedi u Berlindagi TIVda Germaniya elchilarining to‘rt kunlik konferensiyasini ochar ekan.
Shu bilan birga, Germaniya hukumati rahbari «Moskvaning Shimoliy va Boltiq dengizlaridagi provokatsiyalari», shuningdek, Rossiyaning Kiyevga hujumi, Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi binosiga zarar yetkazganiga ishora qildi. Bu Moskvaning «qoidalarga asoslangan tartibni, tinchlikning Yevropa arxitekturasini» «eng shafqatsizlarcha» yo‘q qilganini ko‘rsatadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya oldida «bir necha o‘n yillar davom etishi kerak bo‘lgan yangi xavfsizlik arxitekturasini qurish» bo‘yicha «tarixiy vazifalar turibdi». «Biz liberal dunyo tartibi deb ataydigan narsa ko‘p tomondan, shu jumladan siyosiy G‘arbda ham bosim ostida», deb tushuntirdi Mers. U «liberal demokratiyalar va avtokratiyalar o‘qi o‘rtasidagi yangi ziddiyat» haqida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026