Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migrantlarga oila a’zolarini Rossiyaga olib borish taqiqlanishi mumkin
Davlat Dumasi deputatlari mehnat migrantlariga oilasini Rossiyaga olib kelishni taqiqlashni taklif qildi. Agar taqiq qabul qilinsa, past malakali migrantlarning oila a’zolari Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin.
Foto: RIA Novosti
Mehnat migrantlariga oila a’zolarini Rossiyaga olib borish taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi 9 sentabr kuni Sergey Mironov boshchiligidagi «Spravedlivaya Rossiya» fraksiyasi deputatlari tomonidan Davlat Dumasiga kiritilgan. Tegishli hujjat Dumaning qonunchilik bazasida e’lon qilindi.
Deputatlarning fikricha, mehnat migrantlari oila a’zolarining Rossiyada qolishi davlatning ijtimoiy infratuzilmasiga, jumladan, ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash tizimiga katta yuklama olib keladi.
«Shu bilan birga, migrantlarning patentidan keladigan budjet daromadlari ishlamaydigan oila a’zolarini saqlash xarajatlarini qoplamaydi, bu esa migratsiya siyosatining ushbu modelini iqtisodiy jihatdan samarasiz qiladi», deyiladi hujjatga tushuntirish xatida.
Agar taqiq qabul qilinsa, past malakali migrantlarning oila a’zolarini chiqarib yuborish orqali mamlakatga migratsiya oqimini 15-20 foizga kamaytirish mumkin bo‘ladi, deb hisoblamoqda loyiha mualliflari.
Mavzuga oid
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
20:35 / 09.04.2026
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi
22:44 / 06.04.2026
AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni Kongo DR qabul qiladi
20:03 / 05.04.2026