O‘zbekiston | 13:50 / 10.09.2025
2705
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Nepal poytaxti Katmandu va boshqa qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, ularda komendantlik soati joriy qilingan.

Foto: EPA/NARENDRA SHRESTHA

Shuningdek, to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda.

Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi

Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limining quyidagi raqamiga murojaat qilish mumkin +91 94994 85962 (Telegram/WhatsApp).

Telefon raqami tun-u kun ishlaydi.

Mavzuga oid