Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston neft-gaz sohasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov "KazMunayGaz" milliy kompaniyasi boshqaruv raisi Asxat Xasenov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida energiya xavfsizligini ta’minlash, uglevodorodlar qazib olish va qayta ishlash sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar chegaradosh hududlarda qo‘shma geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, axborot almashish va muvofiqlashtirish tartiblarini belgilab oldi.
O‘zbekiston hududidagi istiqbolli maydonlarni birgalikda o‘rganishga tayyorlik bildirildi, bu yo‘nalishda doimiy ishchi muloqot davom ettiriladi. Shuningdek, neft-gaz kimyosida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Qashqadaryo viloyatida qo‘shma quvvatlarni yo‘lga qo‘yish va zarur loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar polimer xomashyosi va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish, avtosanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda qo‘shimcha qiymat yaratishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakatning tegishli korxonalari va texnoparklari vakillari o‘rtasida muloqotlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026