Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors 8 ta yangi model chiqarishni rejalashtiryapti
UzAuto Motors bosh direktori Yanosh Kovachga ko‘ra, kompaniya yaqin vaqtlarda 8 ta yangi model chiqarishni mo‘ljallayapti. Bunda asosiy e’tibor SUV segmentini kengaytirishga qaratiladi.
UzAuto Motors yaqin kelajakda avtomobil bozoriga sakkizta yangi model chiqarishni rejalashtiryapti. Bu haqda kompaniya bosh direktori Yanosh Kovach «Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan…» loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«O‘n besh yil oldin bu yerda ishlaganimda vaziyat butunlay boshqacha edi. Hozir bozor ancha diversifikatsiyalashgan. Xitoy va Koreya mashinalari kirib kelmoqda. Yangi brend va modellar paydo bo‘lyapti. Bu raqobat biz uchun qiyinchilik tug‘dirsa-da, xaridor uchun foydali», — dedi Kovach.
Shuningdek, UzAuto Motors bosh direktori ham ichki bozorda ham eksportda raqobat kuchayib borayotgani, elektromobillarga talab oshganini ta’kidlab o‘tdi.
«Raqobat nafaqat ichki bozorda, balki eksportda, masalan, Qozog‘iston, Ozarboyjon va boshqa mamlakatlarda ham kuchaygan. Har bir kompaniya xaridor uchun kurashmoqda. Shuning uchun biz ham strategiyamizni o‘zgartirishimiz, BYD, Kia, Hyundai, Haval kabi kompaniyalar bilan raqobatlashishga tayyor bo‘lishimiz kerak va bu biz uchun katta chaqiriqdir», — dedi u.
Kovachning qo‘shimcha qilishicha, UzAuto Motors yaqin yillarda o‘z modellari qatorida, ayniqsa, SUV segmentini kengaytirishni rejalashtiryapti.
Mavzuga oid
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
19:34 / 15.11.2025
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
12:38 / 10.11.2025
Davlat departamenti: O‘zbekiston AQShdan kichik AES reaktorlari sotib oladi
18:27 / 03.11.2025