Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi
“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;
🔹 yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini ta’minlash.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
🔸 yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
🔸 yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
🔸 mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;
🔸 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash.
Ushbu asosiy vazifalarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
13:38 / 21.05.2026