Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple to‘rtta iPhone modelini sotuvdan olib tashladi
iPhone 17 seriyasi chiqqandan so‘ng ba’zi modellar sotuvi to‘xtatildi.
Yangi iPhone 17 smartfonlari taqdimotidan keyin Apple bir vaqtning o‘zida to‘rtta modelni ishlab chiqarish va sotishni rasman to‘xtatdi: iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max. Bu kompaniya an’anaviy siyosatining bir qismidir.
Shunga qaramay, ushbu modellarning qolgan zaxiralarini hali ham uchinchi tomon chakana sotuvchilaridan topish mumkin. Ehtimol, ularning narxi pasayadi. Qizig‘i shundaki, iPhone 17 seriyasi bilan birga kompaniya Plus modelidan voz kechdi - endi sotuvda faqat iPhone 16 Plus qoldi.
Yangi smartfonlar uchun oldindan buyurtmalar 12 sentabrda ochiladi, sotuvga esa 19 sentabrda chiqariladi.
Narxlarni eslatib o‘tamiz:
- iPhone 17 - $799 dan boshlanadi;
- iPhone 17 Pro - 1099$ dan;
- iPhone 17 Pro Max - $1199 dan;
- iPhone 17 Air - $999 dan.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:30 / 09.06.2026