Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai’ning Amerikadagi zavodi ochilishi reydni deb 2 oyga kechikadigan bo‘ldi
AQSh o‘tkazgan reyd sabab qo‘lga olingan 300 koreyaliklar davlatdan chiqarib yuborilarkan, Hyundai yangi zavodi ochilishini kechiktirishga majbur bo‘ldi. Janubiy Koreya prezidenti va siyosiy doiralar reyddan keyin xushyor tortdi, prezident Li Chjye Myongga ko‘ra, endi koreys kompaniyalari AQShga investitsiya kiritishga ikkilanadi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi Hyundai zavodida ommaviy immigratsiya reydi uning ochilishini kamida ikki oyga kechiktirdi. Reydda hibsga olinganlarning soni bir necha yuzlab ekani AQSh va Koreya o‘rtasida ziddiyat ham keltirib chiqardi. Jumladan, prezident Li Jye Myong bundan buyog‘iga katta koreys kompaniyalari AQShga investitsiya kiritishdan avval o‘ylab ko‘rishlaridan ogohlantirdi.
Seuldagi rasmiylarga ko‘ra, ko‘plab ishchilar AQShga zavodni ishga tushirishga yordam berish uchun vaqtincha yuborilgan edi. Jorjiya shtatidagi ushbu reyddan qo‘lga olingan 475 kishidan 300 tasi Koreya fuqarolaridir.
AQSh immigratsiya xizmati xodimlarining aytishicha, bu odamlarga AQShda ishlashga ruxsat berilmagan, koreyslar esa Koreya firmalari xorijdagi fabrikalar qurishda yordam berish uchun ishchilarini yuborish odatiy hol ekanini aytmoqda.
Hyundai rahbariyati esa ishchilar o‘rnini qanday to‘ldirish haqida bosh qotirmoqda. BBC’ning yozishicha, qo‘lga olinganlar rasman ushbu kompaniyada ishlamagan.
Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Janubiy Koreya prezidenti agar bunday tartiblarga endi ruxsat berilmasa, bu AQShda zavodlar qurishni "qiyinroq qilishini, kompaniyalarda umuman arziydimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘dirishini aytdi.
Vaziyat AQSh va Janubiy Koreya joriy yil boshida kelishib olgan savdo bitimining hayotiyligi haqida ham savollarni tug‘dirmoqda, bunda Prezident Donald Tramp milliardlab dollar sarmoya va’dalari evaziga o‘zining eng keskin tarif tahdidlaridan voz kechishga rozi bo‘lgandi. Birgina Hyundai 26 milliard dollar va’da qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, hibsga olingan Koreya fuqarolari masalasini hal qilish uchun diplomatlar Seuldan yetib borgan va barcha fuqarolar juma kungi reys bilan uyiga qaytarilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.02.2026
Hyundai Rossiyadagi zavodni qayta sotib olish huquqidan foydalanmadi
17:22 / 06.09.2025
Amerikadagi Hyundai zavodida migratsion operatsiya: 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi, Seul Vashingtonni ogohlantirdi
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024