Ayollar dunyosi | 15:08 / 12.09.2025
2247
4 daqiqa o‘qiladi

Kuz keldi: ayollar uchun yuz parvarishidagi muhim 7 qoida

Kuz - tabiat o‘zgarishlari, havo qurib, harorat pasayadigan, shamolli va ba’zan nam muhit hukm suradigan fasl. Bu o‘zgarishlar inson tericiga, ayniqsa ayollar yuziga bevosita ta’sir qiladi. Yozda quyoshdan zararlangan, havo iflosligi sababli teshiklari to‘silib qolgan teriga bu paytda alohida e’tibor talab etiladi.

Foto: AP

Ayollar uchun kuzgi yuz parvarishi bo‘yicha eng muhim 7 tavsiya:

1. Terini tozalash: yengil va namlovchi gellardan foydalaning. Kuzda havo sovuq va quruq bo‘lgani bois, qattiq tozalovchilar (mezoterapiya yoki kislotali skrablar) o‘rniga yengil gellar yoki muslardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu teridagi tabiiy yog‘ qatlamini saqlab qoladi va qurishning oldini oladi. Gel asosidagi tozalagichlar yoki gidrofil yog‘lar teriga yengil ta’sir etadi.

2. Namlik – asosiy maqsad. Kuzgi shamol va salqinlik teridagi namlikni tez yo‘qotadi. Shunday ekan, teri namligini saqlash juda muhim. Haftada 2 marta gialuron kislotasi asosidagi niqoblar qo‘llang. Kunduzgi krem esa himoya funksiyasiga ega bo‘lishi lozim.

3. Eksfoliatsiya (piling) – kerak, lekin me’yorda. Yozda yig‘ilgan o‘lik teri qatlamidan xalos bo‘lish kerak, lekin bu jarayonni ehtiyotkorlik bilan olib borish zarur. Haftada 1 marta yengil piling yoki enzimli skrab qo‘llang. Qattiq mexanik skrablar terini shikastlashi mumkin.

4. Kunduzgi va tungi kremlarni alohida tanlang. Kunduzgi krem teri muhofazasiga, tungi krem esa tiklanishiga xizmat qiladi. Tungi parvarishda vitamin S, retinol yoki niatsinamid kabi tiklovchi moddalarga e’tibor bering.

5. Quyoshdan himoya qilishni to‘xtatmang. Qishga yaqinlashayotgan bo‘lsa ham, ultrabinafsha nurlar hamon faol. SPF kremlari hali ham kerak. SPF 30ʼdan kam bo‘lmagan keraksiz og‘irlik bermaydigan krem tanlang.

6. Ovqatlanish va suv rejimi – ichki parvarish asosi. Kuzda inson organizmining umumiy holati ham terida aks etadi. Shuning uchun A, S va Ye vitaminlariga boy mevalar, ko‘katlar va yetarlicha suv qabul qilish muhim. Sabzi, brokkoli, limon, tuxum — teri uchun foydali mahsulotlar.

7. Qo‘shimcha yordam: salon protseduralaridan foydalaning. Kuz — kosmetologik protseduralar uchun eng maqbul davr. Quyosh ta’siri kamaygani bois, teri tiklanishiga imkon yaratadi. Ularni olish uchun ham vaqtni to‘g‘ri belgilang:

  • Biorevitalizatsiya – teriga namlik va faol moddalar yuboriladi. Buni kuzning boshida, sentabr-oktyabr oylarida qilgan ma’qul.
  • Mikronidling – teri tiklanish jarayonini faollashtiradi. Bu amaliyot uchun kuzning oxiri – qishning boshi qulay vaqt.
  • Kislotali piling – pigmentatsiya va teshiklarni kamaytiradi. Buni esa quyosh kamayganda, oktyabr-noyabr oylarida qiling.

Kuzgi yuz parvarishi nafaqat tashqi ko‘rinish, balki teri salomatligi uchun ham muhim. Bu faslda teri ko‘proq yordamga muhtoj — nafaqat kremlar, balki to‘g‘ri ovqatlanish, namlik, teng parvarish ham muhim rol o‘ynaydi.

Agar siz muvaffaqiyatli parvarishni yo‘lga qo‘ysangiz, teriңgiz doim sog‘lom va yorqin holatda qoladi.

Mavzuga oid