Quyida ayollar uçun eng foydali maslahatlarni töpladik.
1. Rezyumeni özingizning kiçik portretingiz deb qabul qiling. Ayollar köpinça öz yutuqlarini kamaytirib yozadi. Yöq! Siz qilgan işlar qiymatli.
Rezyumeda albatta körsating, bu – real natijalaringiz, uddalagan vazifalaringiz, boşqargan loyihalaringiz bölişi mumkin.
2. Onlayn profilingiz — siz haqingizdagi birinçi taassurot böladi. Ayollar aksar holda professional profil örniga şaxsiy fotolarni köp qöyib yuboradi. Iş qidirayotganda LinkedInʼda professional foto, qisqa va aniq bio, portfolio havolalari
juda muhim. Işoning, bu sizga jiddiy munosabatni oşiradi.
3. Kundalik xayot qançalik tiğiz bölmasin, örganişni töxtatmang. Onlayn kurslarni keçqurun 20 daqiqa tinglaşning özi ham katta farq qiladi.
Ayollar uçun eng foydali yönalişlar: SMM va marketing, buxgalteriya asoslari, ingliz tili, ofis dasturlari, dizayn va kopirayting hisoblanadi.
4. Iş qidiriş platformalaridan har kuni “foydalanib qöyiş” kerak. hh.uz, LinkedIn Jobs, Telegram’dagi HR-kanallar — bu siz uçun eng muhim platformalar. Har kuni 10 daqiqa ajratişning özi yetarli.
5. Işga kirişdan oldin intervyudan qörqmang — bu sizga imkoniyat. Ayollar ba’zan “hali tayyor emasman” deb öylaşadi. Aslida unday emas.
Intervyuda siz özingizni xotirjam tuta biling, kuçli tomonlaringizni aytib bering, savollarga rost, samimiy va ravon javob bering. Heç kim sizdan ideallik kutmaydi — samimiylik sizdagi eng katta plyus.
6. Siz ham kompaniyadan savollaringizga javob söraşingiz şart. Ayollar köpinça savol berişdan uyalişadi. Lekin siz iş vaqti, onlayn işlaş imkoni bor-yöqligi, rivojlaniş yönalişlari haqida savollaringizni bemalol bera oling. Öz sörovlaringiz borligi foydangizga işlaydi.
7. Ayollar uçun netvorking — haqiqiy kuç degani. Işlarning katta qismi tanişlar orqali topiladi.
Telegram guruhlari, treninglar, vorkşoplarda iştirok eting.
“Assalomu alaykum, tajriba almaşişni istardim” degan bir xabar — katta imkoniyat.











