Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 8 nafar bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi
Olti nafar bokschi chorak finalda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi. Yarim final bahslari 12 sentabr kuni o‘tkaziladi.
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim final bahslari 12 sentabr kuni o‘tkaziladi va unda quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:
Ayollar
51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chakiroglu
65 kg: Navbahor Hamidova - Niyen-Chin CheN
Erkaklar
60 kg: Abdumalik Xalokov - Syunsuke Kitamoto
65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Lasha Guruli
75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Saidjamshid Jafarov
80 kg: Javohir Ummataliyev - Gabriel Veochich
90 kg: To‘rabek Habibullayev - Enmanuel Reyyes Pla
+90 kg: Jahongir Zokirov - Danabike Bayikevuzi
Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimbayeva, Humorabonu Mamajonova, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shavkatjon Boltayevlar chorak finalda mag‘lub bo‘lishdi va musobaqani tark etishdi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026