Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning 9 ta droni Moskvaga yaqinlashayotganda urib tushirildi
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskvaga yaqinlashayotganda to‘qqizta dronni urib tushirdi. Rossiyaning bir qancha hududlarida dron hujumlari xavfi e’lon qilindi. Ukraina ommaviy axborot vositalari Smolensk viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilingani haqida xabar berdi.
Foto: AP
12 sentabr, jumaga o‘tar kechasi Ukrainaning to‘qqizta droni Moskvaga yaqinlashayotganda urib tushirildi, deb xabar berdi shahar meri Sergey Sobyanin. Rossiyaning boshqa hududlari ham o‘qqa tutildi. Ukrainaning OSINT kanallari Smolensk viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilingani haqida xabar berdi — bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Sobyanin tunda bir necha marta Moskva yaqinida uchuvchisiz uchoqlar guruhining yo‘q qilingani haqida xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘laklar qulagan joyda favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Mer hech qanday vayronagarchilik va qurbonlar haqida xabar bermadi.
Moskva yaqinidagi Kaluga aeroportida dron hujumi tufayli reyslarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi, dedi Federal havo transporti agentligi vakili Artem Korenyako.
Mavzuga oid
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26 / 19.02.2026
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
09:45 / 19.02.2026
TIV rahbari: Vengriya Kiyevga dizel yetkazib berishni to‘xtatyapti
09:27 / 19.02.2026