Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar uchun hajviy kinojurnallar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ishlab chiqaruvchi sub’yektlar (yuridik shaxslar) o‘rtasida bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan hajviy kinojurnallar yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qildi.
Hajviy kinojurnalda quyidagi mavzular yoritilishi lozim:
- bolalarga shaxsiy gigiyena, noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik, uyqu rejimi buzilishi kabi sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq muammolar va tibbiy madaniyat haqida tushuncha berish (15 qism);
- qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bilan bog‘liq voqealarni kulgili va ta’limiy tarzda tasvirlash (5 qism);
- bolalarning mahallada jamoat ishlaridagi ishtiroki, keksalar va mahalladoshlar bilan o‘zaro munosabatlarini aks ettirish (15 qism);
- bolalarga energiya resurslarini tejash, elektr tokidan to‘g‘ri foydalanish kabi ko‘nikmalarni o‘rgatish (15 qism);
- bolalarni milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash (20 qism);
- bolalarning kundalik hayotida uchraydigan voqealarni qiziqarli syujyetlar orqali yumor bilan ochib berish (10 qism);
- sanoat obektlari va attraksionlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ehtiyot bo‘lish haqida bolalarga tushuncha berish (5 qism).
Markaz barcha ijodiy tashkilotlar va kino hamda animatsion studiyalarni tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin:
https://bolalarkontenti.uz/creative-contess/markazning-ilk-ijodiy-tanlovi
Telefon: +998555111505 (ichki: 1005)
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-"A" uy
Mavzuga oid
18:56 / 10.11.2025
Bolalarni ekrandan uzoqlashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq: bu qanchalik samara beryapti?
15:57 / 14.10.2025
Bolalarga qanday hollarda ingalyatsiya mumkin emas? – mutaxassis javob berdi
17:34 / 22.07.2025
Bolaning yoshiga qarab ehtiyojlar ham o‘zgaradi: onalar nimaga e’tibor berishi kerak?
16:22 / 24.05.2025