Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori ushlandi
Surxondaryoda viloyat prokuraturasining bo‘lim prokuroriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori xizmat mavqeidan foydalangan holda, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi yurituvidagi fuqaroga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, lekin, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida mazkur tuman IIBga ko‘rsatma berishini aytib, evaziga 2000 AQSh dollari talab qilgan.
Joriy yilning 5 sentabr kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 mln so‘mni o‘zining nomidagi plastik kartaga o‘tkazdirib olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u talab qilingan puldan 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan prokurorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Mavzuga oid
14:37 / 25.01.2026
Surxondaryoda Tojikiston fuqarosi qarz uchun garovga olingani ma’lum bo‘ldi
13:23 / 12.01.2026
Molxonada saqlangan ayol ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
18:30 / 08.01.2026
Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan shaxs jarimaga tortildi
15:03 / 08.01.2026