Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI sudi Yanukovichga Yevroittifoq sanksiyalarini bekor qilishda rad javobi berdi
Yevropa Ittifoqi bosh sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning shikoyatini rad etdi. Sudyalar uning xatti-harakati mamlakatni beqarorlashtirishga yordam berganini va cheklovlar kiritilishiga asos bo‘lganini ta’kidladi.
Ukraina sobiq prezidenti va Mintaqalar partiyasining sobiq rahbari Viktor Yanukovich Yevropa Ittifoqi tomonidan o‘ziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun o‘n yil davom etgan huquqiy kurashda yutqazdi. Yevropa Ittifoqi sudi tarkibiga kiruvchi YeI bosh sudi 18 sahifalik qarorda Yanukovichning shikoyatini rad etdi.
Yanukovich 2010 yildan 2014 yilgacha Ukraina davlati rahbari lavozimini egallagan va Yevromaydon voqealaridan keyin Rossiyaga qochib ketgan. Unga ilk bor 2014 yilda Yevropa mamlakatlariga kirish taqiqlangan va Yevropadagi aktivlari muzlatilgan paytda Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan. 2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqinidan so‘ng, cheklovlar kengaytirildi. Yanukovich o‘z pozitsiyasini sanksiyalar joriy etilgan vaqtda Ukrainada unga qarshi jinoyat ishlari go‘yoki ochilmagani, Bryusselda esa «aniq dalillar yo‘qligi» bilan izohladi.
Yevropa sudyalari Viktor Yanukovichning prezident sifatidagi xatti-harakatlari «mamlakatni beqarorlashtirishga aniq hissa qo‘shganini» va shu uni sanksiya ro‘yxatiga kiritish uchun qonuniy asos bo‘lganini ta’kidladi. Qolaversa, u Moskvaga qochganidan keyin ham Rossiya rasmiylaridan uzoqlashmagan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026