Iqtisodiyot | 20:03 / 14.09.2025
4442
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi

Kuvaytning "Javed & Majed Co" va "Agricultural Food Producs Co" kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar doirasida dudlangan go‘sht, pishloq, olma, qovun, anor, tarvuz mahsulotlari yetkazib beruvchilarni aniqlash, narxlarni kelishish ishlari davom etmoqda.

Foto: Dunyo

O‘zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi, deb xabar qildi "Dunyo" AA.

O‘zbekistonda yetishtirilgan mevalar eksporti Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o‘rtasida erishilgan kelishuv asosida amalga oshirildi.

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kuvaytning "Javed & Majed Co" va "Agricultural Food Producs Co" kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar doirasida dudlangan go‘sht, pishloq, olma, qovun, anor, tarvuz mahsulotlari yetkazib beruvchilarni aniqlash, narxlarni kelishish ishlari davom etmoqda.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid