Jahon | 11:03 / 15.09.2025
2165
2 daqiqa o‘qiladi

Axios: Tramp Putinga ta’sir o‘tkazish qobiliyatiga shubha bilan qaray boshladi

AQSh prezidenti Ukrainadagi urushni tezda tugatishga va’da berdi, biroq endi u Putinning tinchlikka tayyorligini ortiqcha baholaganini tan oldi. Uning ma’muriyati endi bosimni Yevropa gardaniga yuklamoqchi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’sir o‘tkazish va Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urushni tugatishga erishish qobiliyatiga shubha bildira boshladi. Bu haqda 13 sentabr kuni Axios portali to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan manbaga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Tramp o‘z atrofidagilarga Putinning tinchlikka intilishini noto‘g‘ri baholaganini tan olgan. Bir oy muqaddam Amerika rahbari Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa yoki tinch yo‘l bilan kelishuvga qadam qo‘ymasa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytgan edi.

Biroq Putin na o‘t ochishni to‘xtatishga, na Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishga rozi bo‘lmadi. Shunga qaramay, Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritmadi.

Buning o‘rniga AQSh ma’muriyati Yevropa Ittifoqidan Moskva va Pekinga bosimni kuchaytirishni talab qila boshladi. Vashington qo‘shimcha sanksiyalarni aynan YeI joriy etishini kutmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid