Jamiyat | 11:27 / 15.09.2025
3167
1 daqiqa o‘qiladi

Axsikentda noyob qo‘lyozma va Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi

Axsikentda VIII asrga oid noyob qo‘lyozma hamda aynan shu asrga oid Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi topilmalar fondi 68 ta yangi tanga hamda 27 ta kitob bilan boyidi.

- VIII asrga oid Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Qo‘lyozma kitobda handasa, riyoziyot, ilmi nujum, tibbiyotga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlar davrida hamda 1667-1670 yillarda Shvetsiya, 1836 yilda Buyuk Britaniyada chiqarilgan tangalar mavjud, - deydi arxeopark direktori Anvar Ikrom.

Ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi - aversiga podshoning surati, orqa tomoni - reversiga esa tasvirlar solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi tushirilgan.

Axsikent kompleks ekspeditsiyasi Axsida Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi o‘rni - Yakkayigit bog‘ida qazishma ishlarini boshlagan. Topilmalar keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mavzuga oid