Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov “Dunyo” AA bilan suhbatda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati doirasida erişilgan muhim natijalar haqida söz yuritdi.

Uning ta’kidlaşiça, markazda qisqa vaqt içida qator ilmiy işlanmalar va rekonstruksiya işlari amalga oşirildi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy tomonidan batafsil tasvirlangan globus özbek tadqiqotçilari tomonidan qayta yaratildi.

Şu bilan birga, xorijdagi kimoşdi savdolaridan mingga yaqin qölyozma sotib olinib, Özbekistonga qaytarildi. Bu esa xalqning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosini tiklaş hamda uni kelajak avlodga yetkaziş yölidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Bahrom Abduhalimovga köra, Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifasi xalq, ayniqsa, yoş avlodga öz tarixi, madaniy merosi va buyuk ajdodlari bilan faxrlaniş tuyğusini singdirişdan iborat.

Şuningdek, markaz islom dinining asl mohiyati — ma’rifat, tinçlik, bağrikenglik, özaro hurmat va hamkorlik ğoyalarini keng namoyon etişga xizmat qiladigan muhim ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida e’tirof etilmoqda.