Ayollar dunyosi | 16:35 / 15.09.2025
2094
2 daqiqa o‘qiladi

Ayollarda alsgeymerga chalinish ehtimoli katta – tadqiqot natijalari

Londondagi King’s College tadqiqotchilari Alsgeymer xastaligi erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq uchrashini aniqladi. Bunga sabab gormonal o‘zgarishlar, parhezlar aynan ayollarda ko‘p uchrashi deyiladi.

Foto: Shutterstock

Alsgeymer kasalligi butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlar hayotiga ta’sir qilmoqda: xotiraning susayishi, o‘zini anglamaslik va kundalik hayotni boshqara olmaslik muammolari paydo bo‘lyapti. Yangi tadqiqotlar ayollarda bu kasallik erkaklarga nisbatan ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi.

Londondagi King’s College tadqiqotchilari ayollarda alsgeymer bilan bog‘liq holatlarda lipidlar (inson organizmdagi yog‘lar va yog‘simon moddalarning umumiy nomi) almashinuvida o‘zgarishlar borligini aniqladi: moslashuvchan (unsaturated) yog‘ kislotalari, ayniqsa omega-yog‘ kislotalari darajasi past va to‘yingan (saturated) yog‘larning ulushi ko‘proq. Bu o‘zgarishlar xotira, kognitiv funksiyalar pasayishi va miyadagi yozilmagan shikastlanish belgilariga bog‘liq. Erkaklarda bunday lipidlar muvozanati buzilishi aniqlanmagan, bu ayollarga xos biologik jarayonlardagina yuz beradi.

Masalan, gormonal o‘zgarishlar, ayniqsa menopauza davri — estrogen darajasi pasayib borishi lipidlar metabolizmining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayollarda esa bunday o‘zgarishlar juda tez va ko‘p ro‘y beradi.

Diyetadagi omega‑yog‘ kislotalarining yetishmasligi — baliq, yong‘oq, urug‘lar kabi manbalarda bo‘lgan omega‑3, omega‑6 kislotalari hayot uchun muhim; ularning yetishmasligi lipidlar balansini buzadi. Parhez qiladiganlarning ham asosiy qismi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tadqiqotda buning oldini olish, xavfni kamaytirish va kasallik rivojini kechiktirish uchun parhezni nazorat qilish, jismoniy faollik, esdan chiqarish, xotirada zaiflik, tushunchada muammo paydo bo‘lsa — tibbiy mutaxassislarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid