Sport | 11:40 / 15.09.2025
2319
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya yana basketbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi

2023 yilgi basketbol bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Germaniya terma jamoasi ham o‘z tarixida ikkinchi marta Yevropa chempioni bo‘ldi. Yevropa chempionati finalida nemislar Turkiyadan kelgan raqiblarini mag‘lub etdi.

Foto: GlobalLookPress

Germaniya basketbol terma jamoasi 14 sentabr, yakshanba kuni Rigada o‘tkazilgan musobaqaning final uchrashuvida Turkiyadan kelgan raqiblarini 88:83 hisobida mag‘lub etib, Yevropa chempioni bo‘ldi. Ikki yil avval Maniladagi chempionatda nemislar basketbol bo‘yicha jahon chempioniga ham aylangan edi.

Germaniya jamoasi ikkinchi marta basketbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi. Ular bu nomni birinchi marta 1993 yilda qo‘lga kiritgan. «Germaniya basketbol bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni. Biz aynan o‘zimizga tegishli joydamiz — va uyda hali ham bir necha juda yaxshi o‘yinchilar bor», — dedi NBA'ning germaniyalik yulduzi Frans Vagner g‘alabani sharhlar ekan.

Hal qiluvchi ochkolarni so‘nggi daqiqada Germaniya terma jamoasi sardori Dennis Shryoder kiritdi. Keyinchalik u uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Mavzuga oid