Texnologiya | 19:48 / 15.09.2025
22815
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 17 uchun turli mamlakatlarda qancha ishlash kerak?

Kutilganidek, rivojlangan mamlakatlarda eng kam, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘proq, jumladan O‘zbekistonda ham.

Foto: Getty images

Tenscope tahlilchilari turli mamlakatlar aholisi 256 Gb xotiraga ega bazaviy iPhone 17 sotib olish uchun qancha vaqt ishlashi kerakligini hisoblab chiqdi.

Kutilganidek, Yevropaning boy mamlakatlari aholisi xarid uchun eng kam pul sarflaydi. Lyuksemburg va Shveytsariyada yangi Apple smartfoni uchun bor-yo‘g‘i 3 kun «mehnat qilish» mumkin. AQSh, Belgiya, Daniya, Niderlandiya va Norvegiyada biroz ko‘proq – 4 kun.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda vaziyat butunlay boshqacha. Hindistonda iPhone 17 uchun 160 kun mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Filippinda (101 kun), Vetnamda (99 kun), Turkiyada (89 kun) va Braziliyada (77 kun) xaridorlarga osonroq bo‘ladi.

Tahlilchilar O‘zbekiston uchun ma’lumot keltirmadi. Biroq, buni mustaqil ravishda taxminan hisoblab ko‘rish mumkin.

256 Gb xotiraga ega bazaviy iPhone 17 O‘zbekistonda 23 sentabrdan 1300 AQSh dollari narxida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

2025 yil birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 5 mln 982 ming so‘mni tashkil etdi (taxminan oylik $480 yoki kunlik $16).

Demak, o‘zbekistonliklarning aksariyati iPhone 17 smartfonini xarid qilish uchun kamida 80 kun ishlashi kerak.

Mavzuga oid