Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchixonasi xodimlari ko‘magida Boku shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqaroning oilasi bag‘riga qaytishi ta’minlandi.
Foto: "Dunyo" AA
Diplomatik missiya ma’lumotiga ko‘ra, Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro X.M. O‘zbekistonga yetib olishi uchun yordam so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, X.M. 2 sentabr kuni vaqtincha ishlash maqsadida Ozarboyjon hududi orqali Gurjistonga borish uchun Boku shahriga kelgan. Biroq, Gurjiston chegara xizmati xodimlari unga kirishga ruxsat bermagan va u ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Murojaat o‘rnatilgan tartibda o‘rganilganidan so‘ng unga yordam ko‘rsatildi. X.M. uchun Boku – Toshkent yo‘nalishidagi samolyotga aviachipta sotib olindi va u O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:28 / 19.02.2026
Chernogoriyada mablag‘siz qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:05 / 12.02.2026