Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada turli darajadagi saylovlarda ovoz berish yakunlandi
Rossiyadagi ovoz berishning dastlabki natijalariga ko‘ra, aksariyat hududlarda «Yagona Rossiya» partiyasining amaldagi rahbarlari yoki gubernator vazifasini bajaruvchilari g‘alaba qozonmoqda. Kuzatuvchilarga ko‘ra, muqobil nomzodlar deyarli yo‘q.
14 sentabr, yakshanba kuni Rossiya va unga qo‘shib olingan hududlarda turli darajadagi – gubernatorlikdan mahalliy hukumatgacha bo‘lgan saylovlarda uch kunlik ovoz berish yakunlandi.
Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, aksariyat hududlarda amaldagi rahbarlar yoki gubernator vazifasini bajaruvchilar – «Yagona Rossiya» partiyasidan nomzodlar g‘alaba qozonmoqda.
To‘g‘ridan to‘g‘ri «mintaqa rahbari saylovlari»ni qo‘shib olingan Sevastopolda ham Rossiya «rasmiylari» tashkil qildi. U yerda ham amaldagi «mintaqa rahbari» Mixail Razvojayev 80,29 foiz ovoz bilan «g‘alaba qozondi», deb yozadi «Interfaks» agentligi.
Umuman olganda, 12-14 sentabr kunlari Rossiyada va unga qo‘shib olingan hududlarda bo‘lib o‘tgan turli darajadagi saylovlarda 47 mingga yaqin deputatlik mandatlari va saylanadigan lavozimlar, jumladan, 21 nafar gubernator lavozimi taqsimlanishi kutilmoqda. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 11 ta hududda qonun chiqaruvchi parlamentlarning yangi chaqiriqlari tuzilishi kerak.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025