Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya vazirligi 20 ta obekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
Joriy yilning 8 oyi davomida Toshkent shahri atmosfera havosini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Foto: Wikipedia
Xususan, Toshkent shahrida 12 ta hududiy ishchi guruh tashkil etildi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obektlari va issiqxona xo‘jaliklaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlarga vazirlik va idoralardan jami 150 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilindi.
Ishchi guruh tomonidan sanoat korxonalari, issiqxonalar va atmosferaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa obektlar faoliyati doimiy o‘rganib borilmoqda.
2025 yilning yanvar-avgust oylarida 1452 obekt xatlov qilindi, 174 ta tungi reyd tadbiri o‘tkazilib, 281 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. 154 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta obekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida sudga ariza kiritildi, 179 ta qonunbuzilish holati bartaraf etildi. Shuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatildi.
Har bir yirik sanoat korxonasi hududi va qo‘shni hududlarda «Yashil belbog‘»lar barpo etilmoqda. Shu maqsadda 2025 yilda yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va boshqa 1–2-toifaga mansub 60 ta korxona tomonidan 200 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirildi. Bahorgi mavsumda 79 490 tup ko‘chat ekildi.
Bundan tashqari, har yili ikki bosqichda o‘tkaziladigan «Toza havo» oyligining birinchi bosqichida (10 aprel-10 may) Toshkentda 40 050 ta avtotransport vositasi tekshirildi. Ularning 586 tasida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori me’yordan ortiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda kamchiliklar bartaraf etildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida atmosferaga 4,7 ming tonna zararli tashlamalar chiqarilishining oldi olindi.
Mavzuga oid
11:43 / 03.12.2025
Qibray tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalar aniqlandi
11:03 / 03.12.2025
Toshkent tumanida 22 ta mahalladagi issiqxonalarda ekologik qoidalar buzilishi aniqlandi
13:38 / 26.11.2025
Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi
10:32 / 25.11.2025