Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzum O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy hamkoriga aylandi
Uzum milliy raqamli ekotizimi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini hamda butun mamlakat bo‘ylab futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uzum'ning qo‘llab-quvvatlashi assotsiatsiyaga sport infratuzilmasini mustahkamlash, yoshlar uchun dasturlarni kengaytirish, shuningdek, Milliy terma jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining taniqli futbolchilari O‘FA va milliy raqamli ekotizimning qo‘shma loyihalarida ishtirok etib, o‘z namunasi bilan yoshlarni ilhomlantiradi.

Bugungi kunda O‘FA qoshida 14 ta hududiy assotsiatsiya faoliyat yuritmoqda, 12 000 dan ortiq futbolchi bolalar va o‘smirlar jamoalarida mashg‘ulot o‘tkazmoqda, milliy terma jamoa esa xalqaro maydonda — Osiyo kubogidan tortib Olimpiya saralashlari va Jahon chempionatigacha O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.

«Uzum kompaniyasi bilan hamkorlik mamlakatimizda futbolni rivojlantirishda muhim qadamdir. Kelgusi yillarda milliy terma jamoalar, shuningdek, bolalar va ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiramiz», — deydi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.
«Biz uchun nafaqat sportni qo‘llab-quvvatlash, balki iqtidorli bolalar o‘sishi, amaldagi chempionlar esa yangi g‘alabalar uchun resurslarga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish muhimdir. Futbol odamlarni birlashtiradi, jamoaviy ishga ilhomlantiradi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Biz O‘FA bilan birgalikda o‘zbek sporti kelajagiga hissa qo‘sha olishimizdan faxrlanamiz», — deya sharhlaydi Uzum ekotizimi asoschisi va bosh direktori Djasur Djumayev.

«Futbolni qo‘llab-quvvatlash biz uchun kelajakka investitsiya. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, futbolchilar va muxlislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali biz futbol millionlab o‘zbekistonliklarning kundalik hayotiga aylanishini istaymiz. Ishonchimiz komilki, Futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda yangi g‘alabalar va yorqin sport tarixi uchun poydevor qo‘ya olamiz», — deya ta’kidladi Uzum Bank Kuzatuv kengashi raisi G‘ulomov Rasuljon.
Mavzuga oid
15:00 / 10.07.2026
Uzum xodimlari soni yarim yil ichida 1500 kishiga ko‘paydi
11:00 / 10.07.2026
Uzum yo‘nalishidagi е-соmmerce aylanmasi 1 milliard dollarga yetishi mumkin
17:00 / 08.07.2026
Uzum mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun infratuzilmaga 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritgani ma’lum bo‘ldi
15:59 / 10.03.2026