Bitim kompaniyaning aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalarni va tizimli moliyalaştirişni öz içiga oladi. Bitim doirasida Uzum ekotizimining investitsiyalarni jalb qilişdan oldingi (pre-money) bahosi 2,3 mlrd dollar darajasida qayd etildi.

Yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirişga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş vazifalari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil dekabr oyida mamlakat xalqiga yöllangan murojaatda ta’kidlangan edi. 2026 yilda 50 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş vazifasi qöyilib, Yaqin Şarq investorlaridan mablağlarni jalb etuvçi yangi kelişuv mamlakatga uşbu maqsad sari muhim qadam taşlaş imkonini beradi.

Ömon Sultonligi suveren jamğarmasi investitsiyalarini jalb qiliş xalqaro hamkorlarning mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan raqamli bozorlardan biri sifatida Özbekistonga bölgan qiziqişini aks ettiradi. Bitim Özbekiston va Yaqin Şarq mamlakatlari örtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.

Jalb etilgan mablağlar ekotizimning asosiy yönalişlari: elektron tijorat, fintex servislarini yanada rivojlantiriş, şuningdek, texnologik infratuzilmani kengaytiriş va mamlakatning barça hududlari aholisi uçun zamonaviy raqamli servislardan foydalaniş imkoniyatini oşirişga yönaltiriladi.

— Uzum dunyoning yetakçi investorlari işonçini qozonib, mamlakat iqtisodiy salohiyatini qanday röyobga çiqariş mumkinligiga yorqin misol böldi. Va, albatta, biz uçun Ömon Sultonligining suveren jamğarmasidan investitsiyalarni jalb qiliş nafaqat davlatlar örtasidagi iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanişidan dalolat beradi, balki Özbekistonda investitsiya muhitini yaxşilaş va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan izçil işlarning muhim natijasidir. Biz xalqaro hamkorlik kengayib borayotganini va iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan loyihalarda global investorlar iştirok etayotganini olqişlaymiz, — dedi Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov.

— Biz zamonaviy raqamli servislarni millionlab odamlar va biznes uçun oçiq qiladigan milliy miqyosdagi texnologik infratuzilmani izçil yaratmoqdamiz, — dedi Uzum asosçisi va boş direktori Jasur Jumayev. — Bugungi kunda biz uçun nafaqat ömonlik hamkorlarning yuqori bahosi, balki strategiyamizni qöllab-quvvatlab, Uzum ösişiga sarmoya kiritişda davom etayotgan dastlabki investorlarimizning işonçi ham muhimdir. Mamlakatimiz ulkan salohiyatga ega va bugun biz buni yana bir bor butun dunyoga namoyiş etdik.