Uzum milliy raqamli ekotizimi Özbekistonda logistika va IT infratuzilmasini rivojlantiriş uçun 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritilganini ma’lum qildi.
Kompaniya axborotiga köra, bugungi kunda Uzum Market logistika infratuzilmasi umumiy maydoni 112 ming kvadrat metr bölgan majmuani öz içiga oladi. 2026–2028 yillarda Toşkent şahri va hududlarda logistika quvvatlarini kengaytiriş rejalaştirilgan. Loyiha doirasida yirik hajmli tovarlar uçun yangi saralaş markazi va ombor majmuasi qurilmoqda.
Kompaniya hisob-kitoblariga köra, yangi obektlar işga tuşgaç, kuniga 600 mingtagaça buyurtmani qayta işlaş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, mebel, maişiy texnika va boşqa yirik hajmli tovarlarni saqlaş uçun 26 ming palletlik ombor quvvati taşkil etiladi.
Hozirda Uzum Market Samarqand, Farğona, Jizzax, Qarşi, Namangan, Navoiy, Buxoro, Urganç va Termiz şaharlarida 9 ta kross-doking omborini işga tuşirgan.
Marketpleys infratuzilmasi respublika böylab 626 ta hududni qamrab olgan 2100 dan ortiq topşiriş punktlari, inshop va franşiza nuqtalaridan iborat.
Şuningdek, Uzum Market platformasida 18 mingdan ortiq faol sotuvçi işlaydi. Kompaniya ma’lumotiga köra, hozirda, marketpleysda xaridorlarga 400 milliondan ortiq tovar taklif etilgan.

















