Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Jalolobod shahri nomi o‘zgartirildi
Shaharga qirg‘iz xalqi eposi qahramoni Manas nomi berildi.
Foto: Shutterstock
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Jalolobod shahrining nomini Manas deb qayta nomlash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2025 yil 10 sentabrda qabul qilingandi.
Qonunning maqsadi milliy mafkurani mustahkamlash, Jalolobod shahriga xalq qahramoni, qirg‘iz xalqining turli bosqinlardan himoyachisi bo‘lgan buyuk Manas nomini berishdan iborat, deyiladi xabarda.
Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Jalolobodning rasmiy tashkil etilgan sanasi 1877 yil oktyabr oyi hisoblanadi. Shaharning maydoni 64,6 kvadrat km bo‘lib, 184 mingdan ortiq odam yashaydi, ularning 30 foizga yaqini o‘zbeklar.
Mavzuga oid
09:20
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025