Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayrut portidagi portlash ishi bo‘yicha Rossiya fuqarosi hibsga olindi
Interpol orqali Livanning talabiga binoan 2020 yilda yuki Bayrut portida portlagan kema egasi Sofiya aeroportida hibsga olindi. Uni Livanga yuborish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov
Bolgariyada 2020 yilda Bayrut portida yuz bergan portlash tergovi doirasida portda saqlangan va portlagan ammiakli selitra yukiga aloqador yuk kemasi egasi rossiyalik Igor Grechushkin hibsga olindi. Bu haqda anonimlik sharti bilan ma’lumot bergan to‘rt Livan adliya xodimiga tayanib, AP agentligi xabar qildi.
Hibsga olish livanlik tergov sudyasi kema egasi Grechushkin va yana bir rossiyalik, kapitan Boris Prokoshevni hibsga olish uchun ikkita xalqaro order bo‘yicha Interpol qidiruvini boshlaganidan deyarli besh yil o‘tib sodir bo‘ldi.
Ayni damda Grechushkinni so‘roq qilish uchun Livanga topshirish bo‘yicha so‘rov tayyorlanmoqda, dedi Bayrut adliya rasmiylari. Agar u Livanga topshirilmasa, tergovchilar so‘roq qilish uchun Bolgariyaga boradi.
Rossiya va Kipr fuqaroligiga ega bo‘lgan Grechushkin o‘tgan hafta Kiprdan kelganida Sofiya aeroportida hibsga olingan, deb xabar beradi AP.
Mavzuga oid
13:57 / 29.03.2026
Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar: Isroil harbiy-dengiz konserniga zarba berdi, husiychilar yana raketa uchirdi
14:48 / 25.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Eron raketasi Tel-Avivga kelib urildi, Isroil Livan janubini egallamoqda
09:35 / 24.03.2026
Netanyahu: Isroil Eron va Livandagi nishonlarga hujumni to‘xtatmaydi
10:04 / 23.03.2026