Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi
“Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini institutda davom ettiradi hamda 2025-2026 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda institut diplomi beriladi.
Institutning yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi.
Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi (“GeoMetTex”) tashkil etiladi.
Ushbu maktabda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.
“GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026