Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Trampni Rossiyaga nisbatan «aniq pozitsiyani egallashga» chaqirdi
Tramp bilan ehtimoliy uchrashuv oldidan Ukraina prezidenti uni xavfsizlik kafolatlari va Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha aniq pozitsiyani egallashga undadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Nyu-Yorkda Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda Tel-Avivda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
22-30 sentabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi bo‘lib o‘tadi.
«U (Tramp) urushni tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga urinmoqda», — dedi Rubio.
«Prezident (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinga bir necha marta qo‘ng‘iroq qildi, Zelenskiy bilan bir necha bor uchrashdi, jumladan, ehtimol, yana kelasi hafta Nyu-Yorkda uchrashadi», — deya qo‘shimcha qildi Amerika diplomatiyasi rahbari.
Ukraina tomoni hozircha bunday uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini tasdiqlagani yo‘q.
Mavzuga oid
10:39
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
09:13 / 09.06.2026