O‘zbekiston | 11:36 / 19.09.2025
4939
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida havo biroz isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi. Havo yakshanba kuni +32…+34 darajagacha isiydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

Foto: Kun.uz

1921 sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Juma kunduzi havo +25…+28 darajagacha, janubda +30 darajagacha isiydi. Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzgi harorat +32…+34 darajaga yetadi.

2021 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi.

Kunduzi havo harorati juma kuni +26 daraja, shanba kuni +28…+30 daraja, yakshanba kuni +32…+34 daraja atrofida bo‘ladi.

Mavzuga oid