Jahon | 08:23 / 19.09.2025
8424
2 daqiqa o‘qiladi

Prokuror: Ayblanuvchi Kirkni o‘ldirgani haqida oilasiga aytgan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bloger Kirkning o‘ldirilishida gumon qilinuvchi o‘z oilasiga jinoyatni aynan u sodir etganini aytgan. Ayni paytda, Tayler Robinson sud jarayonida o‘z ismidan boshqa hech narsani aytmadi.

Foto: Scott G Winterton/REUTERS

Mashhur amerikalik konservativ faol va bloger Charli Kirkning o‘ldirilishida gumonlanuvchi birinchi marta sudga keldi, biroq sud majlisida deyarli hech narsa demadi. Bir nechta telekanallarda jonli efirga uzatilgan video-aloqa chog‘ida 22 yoshli Tayler Robinson faqat o‘z ismini aytib o‘tdi va qolgan vaqtda sukut saqladi.

Robinson Yuta shtatida hibsda saqlanmoqda, u yerda Kirkka bir hafta oldin, 10 sentabr kuni suiqasd qilingan, shundan so‘ng u vafot etgan. Birinchi sud majlisida sudya Toni Graf gumonlanuvchiga uning huquqlari haqida ma’lumot berdi va u garov evaziga ozod qilinish huquqiga ega emasligini e’lon qildi. Graf, shuningdek, yettita ayblov bandini: qotillik, o‘qotar qurol bilan hujum qilish, og‘ir jarohatlar yetkazish, adolatga to‘sqinlik qilish, guvohlarga bosim o‘tkazish va bolalar ishtirokida zo‘ravonlik bilan jinoyat sodir etish haqida o‘qib eshittirdi. Sudyaga ko‘ra, sudlanuvchining siyosiy sabablarga ko‘ra harakat qilgani og‘irlashtiruvchi holatdir.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, Robinson o‘z klaviaturasi ostida shunday yozuv qoldirgan: “Menda Charli Kirkni yo‘q qilishga imkon bor va men bundan foydalanaman”. Uni Robinson bilan birga yashagan odam topib olgan va ular juftlik bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Okrug prokurori Jyeff Grey matbuot anjumanida bu borada hech qanday ma’lumot bermadi. Agar Robinson aybdor deb topilsa, o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Mavzuga oid